Yaponiyalik rassom eski qutilardan tank, taom va dinozavrlar yaratmoqda
Yaponiyalik rassom Monomi Ono karton qutilardan ajoyib shakllar yasay oladi. Hammasi Osaka san'at universitetida ta'lim olish jarayonidan boshlangan bo‘lib, aynan o‘sha yerda rassom o‘z ishlari uchun kartondan foydalana boshladi. O‘shandan beri qiz o‘z ko‘nikmalarini mukammallashtirib bordi va endilikda kartondan istalgan obektni yasashi mumkin.
Monomi Ono Osaka san'at universitetida uch o‘lchovli animatsiya sir-asrorlarini o‘rgandi. Rassom qiz kerakli dasturiy ta'minot uchun katta mablag‘lar sarflamaslik uchun Amazon’ning bo‘sh karton qutilaridan foydalana boshlagan hamda aynan ularda o‘zining 3D-modellashtirishdagi ko‘nikmalarini oshirib bordi.
Amaliyotda qolib ketishi bo‘lgan narsa, san'atga aylandi!
Bunday krossovkalarni yomg‘irli ob-havoda kiyish mushkul.
Kartondan yasalgan Godzilla.
"Mingyillik lochin". Faqatgina kartondan.
Bu saksofonda kuy ijro etish ancha murakkab.
Tank.
Bu chipslarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
12:00 / 16.09.2024
76-«Emmi» marosimi Yaponiyaning triumfi bilan tugadi
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024