Sport | 15:56 / 02.05.2017
27732
1 daqiqa o‘qiladi
Bektemir Meliqo‘ziyev bir raunddayoq raqibini mag‘lub etdi
Toshkentda boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati doirasidagi janglar davom etmoqda.
Ayni vaqtda, “O‘zbekiston” universal sport majmuasida 81 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida chorak final yo‘llanmasini beruvchi janglar bo‘lib o‘tayapti.
Unda birinchi bo‘lib o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev va eronlik Ziyodiy Amin juftligi ringga ko‘tarildi. Meliqo‘ziyev birinchi raunddayoq bo‘ydor raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Referi dastlab nokdaun qayd etib hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik eronlik bokschi kuchli zarbani o‘tkazib yuborgach, o‘yinni to‘xtatishga qaror qildi.
Mavzuga oid
08:55 / 21.04.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev «qonli» jangda yengilmas raqibni yengdi
08:40 / 08.10.2023
Bektemir Meliqo‘ziyev yana nokaut evaziga g‘alaba qozondi
08:07 / 23.04.2023
Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev Rosadodan revansh oldi
08:25 / 29.01.2023