Fan-texnika | 11:14 / 02.05.2017
8180
1 daqiqa o‘qiladi

Plastikdan yasalgan raketa dvigateli sinaldi (video)

AQShdagi Massachusets texnologiyalar instituti muhandislari dunyodagi plastikdan yasalgan ilk raketa dvigatelini sinab ko‘rishdi. U 3D-printerda chop etilgan.

Sinov tasvirlangan videorolik YouTube’dagi MIT Rocket Team kanalida taqdim etildi.

U ishga tushirilganidan so‘ng dvigatel korpusi biroz erib ketgan. Mutaxassislarning fikricha, buni yaxshi natija, deb atash mumkin ekan.

Mavzuga oid