Saudiya Arabistoni "islom ahli ustidan hukmronlik qilish"ga urinayotgan Eronni tanqid qildi
Saudiya Arabistoni valiahd o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmonning so‘zlariga ko‘ra, Eronning "islom olami ustidan hukmronlik qilish" istagi uning Saudiya Arabistoni bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishiga to‘sqinlik qilmoqda.
"Eronning pozitsiyasi quyidagicha - imom Mahdiy keladi, uning kelishiga tegishli sharoit yaratilishi kerak hamda ular islom ahli ustidan hukmronlik qilishi kerak", - dedi saudiyalik nufuzli siyosatchi mahalliy MBC telekanaliga bergan intervyusida ikki mamlakat o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yilishi borasidagi savolga javob berar ekan. Twitter'da intervyudan parchalar joylandi.
Eron va Saudiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 2011 yilda Yaqin Sharq mintaqasida "arab bahori" boshlangan vaqtda yanada kuchaydi - unda Tehron shia kuchlarini, Ar-Riyod esa sunniylarni qo‘llab-quvvatladi.
2016 yil boshida Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalariga chek qo‘ydi. Bunga Uning Eron shaharlaridagi diplomatik missiyalariga uyushtirilgan hujumlar sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:17 / 26.12.2024
Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonning IT sohasiga investitsiya jalb etilishi mumkin
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
18:07 / 24.12.2024