O‘zbekistonda militsiya so‘zi qo‘llanilmayapti
Toshkentdagi Xalqaro press klubda Ichki ishlar vaziri A. Azizov va vazirlik boshqarmalari rahbarlari ishtirokida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda ichki ishlar vazirligi doirasida o‘tkazilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Bundan tashqari, OAV vakillarini qiziqtirgan turli savollarga javob qaytarildi.
Jumladan, ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat liboslari o‘zgarishiga doir ma'lumotlarga oydinlik kiritish barobarida, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida ichki ishlar idoralari militsiya emas, politsiya deb atalashi mumkinmi, degan savol berildi.
Ushbu savolga javob bergan Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov ayni vaqtda militsiya so‘zi muomaladan olingani, buning o‘rniga ichki ishlar idorasi deb atalayotganini ma'lum qildi. Liboslar xususida so‘z yuritgan vazir, bu borada turli mutaxassislar, xususan to‘qimachilik sanoati vakillari bilan hamkorlik qilinayotganini aytdi. Azizovga ko‘ra, ichki ishlar idoralarining yangi liboslari birinchi navbatda xizmat vazifasini bajarish uchun qulaylik va O‘zbekiston iqlim sharoitlariga mos tushish hamda ichki ishlar imijini ko‘tarishga xizmat qilishi nuqtai nazaridan tayyorlanadi.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
13:18 / 04.09.2024
«Xuroson viloyati»ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish muhim – O‘zbekiston DXX raisi
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024