Navoiy hokimi 22 kilometrlik yo‘lni piyoda bosib o‘tib, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
Navoiy shahar hokimi Umarbek Xalilov Navoiy shahri hududidan o‘tuvchi "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli temir yo‘l atroflarini piyoda yurib, bu yerdagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Navoiy shahri hokimiyati xabar berdi.
Hokimga prokuratura organlari, ichki ishlar idoralari xodimlari, shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari va boshqa turli mutasaddi idoralar rahbarlari hamrohlik qilishdi.
Shahar hokimi 22 kilometrlik yo‘lni piyoda bosib, temir yo‘l atrofidagi yerlarni tozalab, saranjom-sarishta qilish va bu hududni ko‘rganda ko‘zlarni quvnatuvchi holatga keltirish lozimligi haqida mas'ul kishilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Bundan tashqari, shu atrofda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar rahbarlari va aholi yashash uylari holati ham ko‘zdan kechirilib, ushbu binolarni ham tartibga keltirish zarurligi ta'kidlandi va ularning tashqi ko‘rinishini zamonaviy holatda ta'mirlash vazifalari topshirildi.
Mavzuga oid
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024