Toshkent chorrahalaridagi kameralar 15 martdan buyon 89 mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi
Toshkent chorrahalaridagi Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida YHXB xodimlari tomonidan 20 ming 717ta qoidabuzarlik rasmiylashtirilgan. Shaharning 115ta chorrahasi va yo‘llarga o‘rnatilgan tezlik o‘lchovchi uskunalar tomonidan 8 ming 571ta qoidabuzarliklarni qayd etgan. aniqlanib, tegishli ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shundan, shahar IIBB rasmiy vakili To‘lagan Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, 4110tasi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish, 4461tasi tezlikni belgilangan me'yordan oshirish qoidabuzarliklaridir.
2017 yil 15 mart kunidan shu kunga qadar chorrahalarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlanganlik holati 41 ming 573tani, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish esa 48 ming 136 marta qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:30
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024