Bolalar maktabga yangi protez bilan kelgan qizni ta'sirli qarshi olishdi (video)
OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari birmingemlik 7 yoshli Ananing maktabga yangi protez bilan kelganida sinfdoshlarining reaksiyasidan ta'sirlanishdi. Daily Telegraph taqdim etgan videoda sinfdoshlar maktab oldidagi bolalar maydonchasida uchrashgani aks etgan.
Rolikda o‘g‘il va qiz bola sinfdoshlari yugurib kelib, qizchaning atrofini o‘rab olib, uning "yangi pushti oyog‘i"ga qiziqish bilan qarashadi, dugonalari qizni quchib qo‘yishadi. Shundan so‘ng bolalar birgalikda o‘ynagani ketishadi.
Nashrda aniqlik kiritilishicha, Ana tug‘ilganidan biroz keyin amputatsiya qilingan. Bunga qadar uning protezi boshqacha bo‘lgan - u qizning yurishi uchun imkon bergan, lekin yugurish, o‘ynash va raqsga tushish uchun to‘g‘ri kelmas edi.
Buyuk Britaniyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmati byudjyeti joriy yilda ortiqcha 1,5 million funtni qo‘lga kiritgani bois Ana va u kabi boshqa bolalar yangi zamonaviy protezlarga ega bo‘lishdi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024