Stiven Sigal Ukrainaga kirishi taqiqlanganiga izoh berdi
Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik aktyor va jang san'ati ustasi Stiven Sigal Ukrainaga kirishi taqiqlangani haqidagi axborotga izoh berdi, deb ma'lum qildi aktyorning vakili.
"Menda qora belbog‘dan tashqari, endi "qora ro‘yxat" ham bor", deb aytgan Sigal. Aktyor vakilining ma'lum qilishicha, aktyor aykido bo‘yicha 7-dan sohibi hisoblanadi.
Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati aktyorga Ukraina hududiga kirish taqiqlanganini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 3 noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mashhur aktyorga Rossiya fuqaroligi berilishi haqidagi farmonni imzolagandi.
Aprel oyida Sigal Qrimga tashrif buyurgani uchun Ukrainaning "Mirotvorets" sayti ma'lumotlar bazasiga kiritilgandi. Sayt o‘zining ma'lumotlar bazasiga kiritilgan kishilarni ayirmachilar va "Kreml agentlari" deb ataydi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024