Putin KGBdagi sobiq rahbarini ziyorat qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘alaba kuni munosabati bilan SSSR davlat xavfsizligi qo‘mitasining Germaniya demokratik respublikasidagi sobiq vakili, Drezdenda o‘ziga boshliq bo‘lgan Lazar Matveyevni ziyorat qildi va uni 90 yoshi bilan tabrikladi. Uning Julebinodagi uyiga Putin bilan birga sobiq hamkasblari Nikolay Tokarev (hozirda «Transneft» kompaniyasi rahbari) va Sergey Chemezov (hozir «Rostex» boshqaruvchisi) ham tashrif buyurgan.
Vladimir Putin Matveyevga prezidentlik soati hamda «Pravda» nashrining 1927 yil 8 mayda chiqqan sonini sovg‘a qilgan.
Kreml saytidagi rasmiy ma'lumotga ko‘ra, Putin 1985-1990 yillarda GDRda tashqi razvedka bo‘yicha Drezden bo‘limida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
12:10 / 21.09.2024
G‘arb va SSSR o‘rtasidagi josuslik o‘yinlari: AQShga qochib ketgan KGB mayori
10:50 / 21.09.2024
Putin Sheynbaum inauguratsiyasida qatnashish uchun Meksikaga bormaydi
09:52 / 14.09.2024