Sport jurnalistlari APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi
«Chelsi» tayanch yarimhimoyachisi N’Golo Kante Angliya sport jurnalistlari uyushmasi talqiniga ko‘ra APLning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Jurnalistlarning hisoblashicha, ikkinchi o‘rinni «Chelsi»ning boshqa bir futbolchisi Eden Azar egallagan, «Tottenhem» a'zosi Dele Alli uchlikni yakunlagan.
«Bu mukofotni olish men uchun katta sharaf. «Chelsi»da va APLda dunyodagi eng zo‘r futbolchilar o‘ynaydi. Angliya sport jurnalistlari uyushmasi meni tanlashganidan faxrlanaman», — degan Kante.
Joriy mavsumda N’Golo Kante APLda 33 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan va 1 golga hammualliflik qilgan. Avvalroq u Professional futbolchilar kasaba uyushmasi tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan edi.
2015/16 yilgi mavsumda fransiyalik ushbu yarim himoyachi «Lester» tarkibida Angliya chempioni bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024
Serlot «Real»ga 4 ta gol urdi, «Chelsi» ham yevrokubokda. Kun o‘yinlari
12:06 / 06.05.2024