Jahon | 09:02 / 09.05.2017
5360
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Makron NATO sammitida uchrashishga kelishib olishdi

foto timeua.info

AQSh prezidenti Donald Tramp va Fransiyaning saylangan prezidenti Emmanuel Makron 25 may kuni Bryusselda o‘tadigan NATO sammitida uchrashishga kelishib oldilar. Tramp va Makron bu haqda ilk o‘zaro telefon muloqotlari davomida kelishib oldilar, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.  

Ta'kidlanishicha, Tramp umumiy muammolarni hal qilishda Makron bilan yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirgan. 

"Prezident Tramp Fransiyaning saylangan prezidenti Makron bilan umumiy muammolarni hal qilishda yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirdi hamda AQSh va uning eng azaliy ittifoqdoshi Fransiya o‘rtasida mustahkam va uzoqdan beri davom etib kelayotgan hamkorlik mavjudligini ta'kidlab o‘tdi", deyilgan xabarda. 

Mavzuga oid