Fan-texnika | 17:10 / 11.05.2017
9985
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda Bugatti’ning eng katta shou-rumi ochildi

Foto: motor.ru

Bugatti avtomobilsozlik kompaniyasi Dubayda o‘zining eng katta shou-rumini ochdi. Al Habtoor Motors deb nomlangan bu dilerlik markazi shaharning markazida joylashgan, uning umumiy maydoni 240 kvadrat metrdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Shou-rum Dubayning eng asosiy va eng uzun ko‘chasi – shayh Zayd shossesida ochildi. Suratlardan ko‘rinishicha, uning modellar namoyish qilinadigan qismi faqatgina bitta avtomobilga mo‘ljallangan. Sho-rumga kirish Bugatti radiatorining panjarasi uslubida bezalgan.

Foto:  motor.ru

Xonada katta divan, Bugatti asoschisi Ettore Bugattining ukasi Rembrandt Bugatti yaratgan mashhur haykalcha – raqs tushayotgan filcha va markaning turli davrlarga tegishli avtomobillari modelchalari joylashtirilgan. Bundan tashqari, shou-rumda "Shiron"ning modelchasi ham mavjud.

Foto:  motor.ru

2017 yil boshlarida Bugatti ishlab chiqarishi rejalashtirilgan 500 ta Chiron’dan yarmini sotib bo‘lgani ma'lum qilingandi. Buning uchun bir yil talab qilingan. Kompaniya 2017 yilda bu modeldan 70 dona ishlab chiqarmoqchi.

Foto:  motor.ru

Ushbu giperkar 1500 ot kuchiga ega W16 dvigateli, 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada, 200 km/soat tezlikka 6,5 soniyada, 300 km/soat tezlikka esa 13,6 soniyada erisha oladi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 420 km ni tashkil qiladi. 

Foto:  motor.ru

Mavzuga oid