AQShda qariyalar uyida otishma sodir etilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
AQShning Kirkeksvill shahrida (Ogayo shtati) noma'lum kimsa qariyalar uyida otishma sodir etishi oqibatida shahar politsiyasi bo‘limi boshlig‘i va muassasaning 2 xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Politsiya zobiti qariyalar uyidan qurollangan odam haqida xabar tushgandan keyin u yerga yo‘l olgan. Keyinroq u radioaloqa orqali hamkasblari bilan bog‘lanib, gumonlanuvchini aniqlaganini aytgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda qariyalar uyida taxminan 23 kishi bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan boshqa politsiyachilar hamkasblarini jonsiz holda topishgan. Politsiyachilar yana 3 kishi – qariyalar uyining 2 xodimi va otishmani sodir etishda gumon qilingan noma'lum shaxsning jasadlarini topishgan. Bosqinchi shaxsi va uni jinoyatni sodir etishga undagan sabablar aniqlashtirilmoqda. Tergov olib borilmoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan politsiyachi 36 yoshda bo‘lgan. Uning ortidan 6 farzandi va homilador rafiqasi qoldi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024