Jahon | 09:23 / 13.05.2017
8456
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp FQBning sobiq direktorini "o‘lgudek yomon ko‘rishi"ni tan oldi

Foto: cnn.com

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida FQBning sobiq direktori Jyeyms Komini "o‘lgudek yomon ko‘rishi"ni tan oldi. Intervyu 13 may kuni efirga uzatiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Tramp 9 mayda Komini FQB direktori lavozimidan ozod qilgandi.

Trampning fikricha, Komi demokratlar uchun ham yoqimsiz bo‘lgan va ular anchadan beri uning iste'foga ketishini kutib yurishgan. 

"Ha ular, men demokratlarni nazarda tutmoqdaman, Jim Komini yomon ko‘rardilar. Komi ularga yoqmasdi va ular uning bo‘shatilishini kutib yurganlar", deb aytdi Tramp.

Tramp Komiga "dahshatli darajada nafrat" his qilganini tan oldi.

"Unga nisbatan nafratim dahshatli darajada edi, ayniqsa Xillari Klinton deb. U Klintonga avval hech kimga ijozat berilmagan darajada jazosiz qolishga imkon bergan. U Xillariga ko‘rsatgan "xizmati" aqlga sig‘maydi. Hamma u "aybdor" desa, Komi esa "Yo‘q, u aybdor emas", degan", deb ta'kidlab o‘tdi Tramp.  

Mavzuga oid