Jahon | 10:51 / 13.05.2017
6719
1 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks Tramp va FQB sobiq direktorining o‘zaro suhbati yozuvi uchun 100 ming dollar taklif qildi

Foto: Reuters

WikiLeaks tashkiloti AQSh prezidenti Donald Tramp va FQBning ishdan ketgan direktori Jyeyms Komi suhbatlari audioyozuvini taqdim etishi mumkin bo‘lgan shaxsga 100 ming dollar berishga tayyor.

"WikiLeaks Tramp va Komining suhbatlari yozuvi uchun 100 ming dollar taklif etmoqda", - deya yozgan tashkilot Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq Tramp FQBning ishdan bo‘shatilgan direktori Jyeyms Komini o‘zaro suhbatlarini OAVga bermaslik haqida ogohlantirgani xabar qilingandi.

Tramp FQB direktorini 9 may kuni iste'foga chiqardi. Prezident ma'muriyatining ta'kidlashicha, bunday qarorga davlat rahbarining unga nisbatan “ishonchi yo‘qolgani” sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid