Putin: 50ga yaqin mamlakat YeOII bilan hamkorlik qilishga qiziqmoqda
Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasining 50ga yaqin mamlakati YevrOsiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda, degan Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"YeOIIning tashqi aloqalari ishonch bilan kengaymoqda. U bilan hamkorlik qilishga Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasining 50ga yaqin davlati qiziqish bildirayapti", — degan Putin "Bir makon — bir yo‘l" forumi doirasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.
Uning qayd etishicha, YeOII va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borilayapti. Bundan tashqari, Isroil bilan erkin savdo aloqalarini o‘rnatish ustida muloqot o‘tkazilmoqda. Hindiston, Eron, Misr, Serbiya va Singapur bilan maslahatlashuvlarni boshlashga kelishib olingan.
"Umuman olganda, biz YevrOsiyo hamkorligi haqida so‘z yuritmoqdamiz. Gap YeOII, ShHT va JShODA (Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari Assatsiatsiyasi) mamlakatlari ishtirokida ko‘p tomonlama kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish haqida bormoqda", — degan Putin.
Uning qayd etishicha, bunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yish — uzoq va sermehnat jarayon, ammo bu ishni amalga oshirish juda muhimdir, chunki u alaloqibat Atlantikadan Tinch okeanigacha bo‘lgan hududda yagona iqtisodiy kenglikni barpo etishga imkon beradi.
Mavzuga oid
12:57
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi
07:55
WP: Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024