«Samarqand Darvoza»ga bomba qo‘yilgani haqida yolg‘on xabar bergan qiz ushlandi
Joriy yilning 14 may kuni soat 11:00 da Shayxontohur tumanida, 1998 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro N.I.Nurbekova (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) IIBB Navbatchilik qismining «102» xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, bezorilik oqibatida Qoratosh ko‘chasida joylashgan «Samarqand Darvoza» savdo majmuasining 3-qavatida ikki noma'lum ayollar tomonidan mazkur savdo majmuasiga portlovchi modda o‘rnatilganligi haqida xabar bergan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, xabarga asosan, voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va tuman mas'ul xodimlari, tergov-tezkor guruhlari hamda boshqa xizmatlar chiqdi.
Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida «Samarqand Darvoza» savdo majmuasidagi fuqarolar xavfsiz joyga olib chiqilib, bino ko‘zdan kechirilgan. Savdo majmuasida hech qanday portlovchi modda va boshqa shubhali narsalar aniqlanmagan. O‘tkazilgan tezkor surishtiruv davomida, fuqaro ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini chalg‘itib, yolg‘on xabar berganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda, tergov ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv ishlari chog‘ida qizning o‘zi ham gumondor sifatida so‘roq qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, Toshkent viloyatidan bo‘lgan qizning bu kabi bezoriligi uning yirik miqdorda jarima to‘lashiga yoki 300 soat ijtimoiy ishlarga yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishiga asos bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:18 / 14.07.2021
Andijonda PPX xodimi fuqaroning qo‘lini sindirgani aytildi. Holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda
14:59 / 12.07.2021
«Oyoqyalang sudrashdi. Qonunni oyoqosti qilishdi» – urganchlik ayol Senat raisi va Bosh prokurordan ko‘mak kutmoqda
19:42 / 10.07.2021
73 yashar erkakka kuch ishlatgan IIB xodimlariga sud hukmi o‘qildi
16:40 / 08.07.2021