Tinch okeanidagi kimsasiz orolda 18 tonna plastik chiqindi aniqlandi
Tinch okeanidagi Xenderson orolida dunyoning eng ifloslangan joylaridan biri aniqlandi. Bu haqida Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida xabar berildi.
Olimlarning ta'kidlashicha, Yangi Zelandiya va Lotin Amerikasi o‘rtasida joylashgan Britaniyaning kimsasiz oroli sohillari taxminan 37,7 million plastik bo‘lagi bilan qoplangan. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, ifloslanish zichligi - bir kvadrat metrga 671 ta obekt. Orol maydoni - 4,3 gektar.
Oroldagi ekologik muammolarning asosiy sababi sifatida uning noqulay joylashuv o‘rni keltirilmoqda. Xenderson shunday joylashganki, oqim Janubiy Amerika yoki baliqchilar kemasidan tashlangan chiqindilarni shu yerga olib keladi.
"Xenderson orolida ro‘y bergan voqealar okeanlarning hatto eng chekka hududlari ham plastik bilan ifloslanishdan xoli emasligini ko‘rsatadi", - deya ta'kidladi tadqiqotning yetakchi muallifi bo‘lgan Tasmaniya Universiteti olimi Jyennifer Lavers.
Olimlarning fikricha, to‘lqinlar har kuni orol qirg‘oqlariga 3 mingdan ziyod yangi chiqindilarni keltiradi, ularning 99,8 foizi - plastik. Tadqiqotda ta'kidlanishicha, chop etilgan raqamlar falokat ko‘lamini kamaytiradi, zero mualliflar oroldagi qoyalar va toshli qirg‘oqlarni tadqiq qilishning uddasidan chiqa olishgani yo‘q.
Orol qirg‘oqlarida eng ko‘p uchragan chiqindilar - plastik idish-tovoqlar va shampun idishlari. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, chiqindilar sonining oshishi hududdagi noyob qush turlari hayotiga xavf tug‘diradi.
Mavzuga oid
15:54 / 19.09.2024
Tinch okeanidagi ulkan chiqindi dog‘i: uni tozalashga 7,5 mlrd dollar ketadi
22:45 / 19.08.2024
Markaziy Amerikadagi eng iflos daryolardan biri qanday tozalanayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi
12:00 / 16.06.2024
Yevrosiyo bo‘ylab Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha – dunyoning eng uzun temiryo‘l yo‘nalishlari qayerda joylashgan?
17:04 / 11.05.2024