Jamiyat | 15:33 / 16.05.2017
16718
11 daqiqa o‘qiladi

1917-1996 yillarda tavallud topgan milliarderlar reytingi

Quyida e'tiboringizga 1917-1996 yillarda tug‘ilgan va ayni milliarder hisoblanuvchi tadbirkorlar va biznes egalarining ro‘yxatini havola qilamiz. Business Insider tahririyati reytingni tuzishda Forbes jurnalining The World's Billionaires List 2017, Bloomberg agentligining Billionaires Index va Wealth-X ma'lumotlar bazasidan foydalangan. Ro‘yxatga 1917-96 yillarda tavallud topgan tadbirkorlar kiritildi. 

1917 yil — Reymond Perelman, RGP Holdings xalqaro xoldingi asoschisi, Amerika. Boyligi — 0,9 mlrd (dollarda).

1918 yil — Chan Yun Chun Pacific International Lines xalqaro logistika kompaniyasi hamasoschisi. Boyligi  — 1,7 mlrd.

1919 yil — Aniqlanmagan.

Aloizio de Andrade Faria

1920 yil — Aloizio de Andrade Faria, Braziliyaning Banco Real bankini otasidan meros qilib olgan (hozirda, Santander guruhi tarkibiga kiradi), Braziliyaning Alfa Bank banki prezidenti, Braziliya. Boyligi — 2,4 mlrd.

1921 yil — Devid Konsunji, ko‘chmas mulk sohasida DMCI konglomerati asoschisi, Filippin. Boyligi — 3,1 mlrd.

1922 yil — Lilian Bettankur, L'Oreal kosmetika kompaniyasi egalaridan biri, Fransiya. Boyligi — 39,5 mlrd.

1923 yil — Robert Kuok, Kuok Group konglomerati asoschisi, Malayziya. Boyligi — 11,4 mlrd.

1924 yil — Henri Say, SMIC chakana savdo konglomerati asoschisi, Filippin. Boyligi  — 12,7 mlrd.

1925 yil — Serj Dasso, Groupe Dassault konglomerati merosxo‘ri, Fransiya. Boyligi — 16,1 mlrd.

1926 yil — Hans Rausing, Tetra Pak transmilliy kompaniyasi merosxo‘ri, Shvetsiya. Boyligi  — 12,5 mlrd.

1927 yil — Semyuel Irvin Nyuxaus-kichik, Advance Publications media xoldingi hammuassisi va merosxo‘ri (kompaniyaga Conde Nast nashriyot uyi tegishli), Amerika. Boyligi — 12,1 mlrd.

1928 yil — Li Kashin, CK Hutchison direktorlar kengashi raisi, Hongkong. Boyligi — 31,2 mlrd.

1929 yil — Pallonji Mistri, Tata Group konglomeratining yirik aksiyadori, Hindiston. Boyligi — $14,3 mlrd.

Uorren Baffett

1930 yil — Uorren Baffett, Berkshire Hathaway xoldingi prezidenti va yirik aksiyadori, Amerika. Boyligi — 75,6 mlrd.

1931 yil — Rupert Merdok, 21st Century Fox va News Corp mediaxoldinglari direktorlar kengashi raisi, Avstraliya. Boyligi — 13,6 mlrd.

1932 yil — Donald Bren, ko‘chmas mulk sohasidagi Irvine Company investitsiya firmasi direktorlar kengashi raisi, Amerika. Boyligi  — 15,2 mlrd.

1933 yil — Sheldon Adelson, Las Vegas Sands kompaniyasining hammuassisi va mehmonxonalar tarmog‘i boshqaruvi rahbari, Amerika. Boyligi — 30,4 mlrd.

1934 yil — Polin Makmillan Keynat, Cargill oziq-ovqat kompaniyasi merosxo‘ri, Amerika. Boyligi — 6,8 mlrd.

1935 yil — Charlz Kox, Koch Industries korporatsiyasi bosh direktori va direktorlar kengashi raisi, Amerika. Boyligi — 48,3 mlrd.

1936 yil — Amansio Ortega, Zara do‘konlari tarmog‘i asoschisi, Ispaniya. Boyligi — 71,3 mlrd.

1937 yil — Klaus-Mixael Kyune, Kühne + Nagel logistika kompaniyasi merosxo‘ri va yirik aksiyadori, Germaniya. Boyligi — 12,4 mlrd.

1938 yil — Fil Nayt, Nike kompaniyasi asoschilaridan biri, Amerika. Boyligi — 26,6 mlrd.

1939 yil — Jorj Paulu Lemann, Restaurant Brands International fast-fud konglomerati aksiyadori, Braziliya. Boyligi — 29,2 mlrd.

Karlos Slim

1940 yil — Karlos Slim, bir necha xoldinglar, xususan, Meksikaning Grupo Carso xoldingi bosh direktori va direktorlar kengashi raisi, Meksika. Boyligi — 54,5 mlrd.

1941 yil — Stefano Pessina, Walgreens Boots Alliance farmatsevtika korporatsiyasi bosh direktori va direktorlar kengashi vitse-raisi, Italiya. Boyligi — 13,9 mlrd.

1942 yil — Maykl Blumberg, Bloomberg agentligi asoschisi va bosh direktori, Amerika. Boyligi — 47,5 mlrd.

1943 yil — Ronald Perelman, Reymond Perelmanning o‘g‘li, MacAndrews & Forbes investitsiya kompaniyasi bosh direktori va direktorlar kengashi raisi, Amerika. Boyligi — 12,5 mlrd.

1944 yil — Larri Ellison, Oracle IT korporatsiyasi hammuassisi va direktorlar kengashi raisi, Amerika. Boyligi — 52,3 mlrd.

1945 yil — Azim Premji, Wipro IT firmasi direktorlar kengashi raisi, Hindiston. Boyligi — 14,9 mlrd.

1946 yil — Piter Vu, Wheelock and Company konglomerati direktorlar kengashining sobiq raisi, Xitoy. Boyligi – 10,5 mlrd.

1947 yil — Keld Kirk Kristiansen, Lego korporatsiyasi merosxo‘ri, Daniya. Boyligi — 21,1 mlrd.

1948 yil — Jim Uolton, Walmart chakana savdo korporatsiyasi merosxo‘ri, Amerika. Boyligi — 34 mlrd.

1949 yil — Bernar Arno, Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti, Fransiya. Boyligi — 41,5 mlrd.

1950 yil — Teo Albrext kichik, Aldi supermarketlari tarmog‘i merosxo‘ri, Germaniya. Boyligi — 18,8 mlrd.

1951 yil — Jozef Lau, Chinese Estates Holdings investitsiya kompaniyasining asosiy egasi, Hongkong. Boyligi — 15 mlrd.

Gennadiy Timchenko

1952 yil — Gennadiy Timchenko, Volga Group xususiy investitsiya guruhi egasi, Rossiya. Boyligi — 16 mlrd.

1953 yil — Pol Allen, Microsoft korporatsiyasi hammuassisi, Amerika. Boyligi — 19,9 mlrd.

1954 yil — Vang Jianlin, Dalian Wanda konglomerati direktorlar kengashi raisi, Xitoy. Boyligi — 31,3 mlrd.

1955 yil — Bill Geyts, Microsoft korporatsiyasi hammuassisi, Amerika. Boyligi — 86 mlrd.

1956 yil — Stiv Ballmer, Microsoft korporatsiyasi sobiq bosh direktori, Amerika. Boyligi — 30 mlrd.

1957 yil — Mukesh Ambani, Reliance Industries Limited energetika giganti direktorlar kengashi raisi, Hindiston. Boyligi — 23,2 mlrd.

1958 yil — Xuey Ka Yan, ko‘chmas mulk sohasidagi Evergrande Real Estate Group kompaniyasi direktorlar kengashi raisi, Xitoy. Boyligi — 10,2 mlrd.

1959 yil — Uday Kotak, Kotak Mahindra Bank banki asoschisi va direktorlar kengashi raisi, Hindiston. Boyligi — 8 mlrd.

1960 yil — Yorn Rausing, Tetra Laval qadoqlash kompaniyasi merosxo‘ri, Shvetsiya. Boyligi — 6,1 mlrd.

Ebigeyl Jonson

1961 yil — Ebigeyl Jonson, Fidelity Investments fondlarining boshqaruvchi ijrochi direktori va prezidenti, Amerika. Boyligi — 14,4 mlrd.

1962 yil — Syuzan Klatten, ota-onasi, jumladan, BMW konserni egasining merosxo‘ri, Germaniya. Boyligi — 20,4 mlrd.

1963 yil — Loren Pauell Jobs, Stiv Jobsning bevasi, Amerika. Boyligi — 20 mlrd.

1964 yil — Jyeff Bezos, Amazon korporatsiyasi asoschisi, bosh direktori va direktorlar kengashi raisi, Amerika. Boyligi — 72,8 mlrd.

1965 yil — Maykl Dell, Dell Technologies IT kompaniyasi asoschisi va bosh direktori, Amerika. Boyligi — 20,4 mlrd.

1966 yil — Stefan Kvandt, ota-onasi boyliklarining merosxo‘ri, xususan, BMW avtokonserni aksiyalari egasi, Germaniya. Boyligi — 18,2 mlrd.

1967 yil — Kumar Birla, Aditya Birla Group konglomerati merosxo‘ri, Hindiston. Boyligi — 9,5 mlrd.

1968 yil — Van Venin, foydali qazilmalar giganti Amer International xo‘jayini, Xitoy. Boyligi — 14 mlrd.

1969 yil — Ley Yun, Xiaomi smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniya egalaridan biri, Xitoy. Boyligi — 6,8 mlrd.

1970 yil — Emmanuel Bene, Lactalis sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi konsern merosxo‘ri, Fransiya. Boyligi — 11,3 mlrd.

Ma Xuaten

1971 yil — Ma Xuaten, Tencent direktorlar kengashi raisi, Xitoy. Boyligi — 24,9 mlrd.

1972 yil — Andrey Melnichenko, «Yevroxim» va SUEK kompaniyalari aksiyadori, Rossiya. Boyligi — 13,2 mlrd dollar.

1973 yil — Larri Peyj, Google korporatsiyasi asoschilaridan biri, Amerika. Boyligi — 40,7 mlrd.

1974 yil — Lyu Tsyandun, e-commerce giganti JD.com asoschisi, Xitoy. Boyligi — 7,7 mlrd.

1975 yil — Tom Persson, H&M kompaniyasidagi ulush merosxo‘ri, Shvetsiya. Boyligi — 2,1 mlrd dollar.

1976 yil — Yan Kum, WhatsApp messenjeri asoschilaridan biri, Ukraina. Boyligi — 9,8 mlrd.

1977 yil — Alexandro Santo Domingo, SABMiller giganti merosxo‘r aksiyadori, Amerika. Boyligi — 4,7 mlrd.

1978 yil — Garrett Kemp, Uber xizmati asoschilaridan biri, Amerika. Boyligi — 6,3 mlrd.

1979 yil — Shon Parker, Facebook ijtimoiy tarmog‘i sobiq prezidenti, Amerika. Boyligi — 2,6 mlrd.

1980 yil — Mariya Bene Bovalo, Lactalis konserni merosxo‘r egasi, Fransiya. Boyligi — 4 mlrd.

1981 yil — Yan Xueyyan, ko‘chmas mulk sohasidagi Country Garden Holdings kompaniyasi asosiy aksiyadori, Xitoy. Boyligi — 9 mlrd.

Eduardo Saverin

1982 yil — Eduardo Saverin, Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri, Braziliya. Boyligi — 7,9 mlrd.

1983 yil — Neytan Blecharzik, turarjoylarni ijaraga berish bo‘yicha Airbnb xizmati asoschisi, Amerika. Boyligi — 3,2 mlrd.

Mark Tsukerberg

1984 yil — Mark Tsukerberg, Facebook asoschilaridan biri, Amerika. Boyligi — 56 mlrd.

1985 yil — Xulio Mario Santo Domingo III, SABMiller giganti merosxo‘r egasi, Amerika. Boyligi — 2,4 mlrd.

1986 yil — Lukas Uolton, Walmart chakana savdo korporatsiyasi merosxo‘ri, Amerika. Boyligi — 11,3 mlrd.

1987 yil — Von Xan, Juneyao Airlines aviakompaniyasi merosxo‘r aksiyadori, Xitoy. Boyligi — 1,3 mlrd.

1988 yil — Patrik Kollison, Stripe to‘lov kompaniyasi asoschilaridan biri, Irlandiya. Boyligi — 1,1 mlrd.

1989 yil — Bobbi Merfi, Snapchat asoschilaridan biri, Amerika. Boyligi — 4 mlrd.

Evan Shpigel

1990 yil — Evan Shpigel, Snapchat asoschilaridan biri, Amerika. Boyligi — 4 mlrd.

1991 yil — Hyu Grosvenor, Vestminster gersogi, Buyuk Britaniya. Boyligi — 12,9 mlrd.

1992 yil — Frensis Bin Kobeyn, musiqachi Kurt Kobeyn mulki merosxo‘ri, Amerika. Boyligi — 0,1 mlrd.

1993 yil — Gustav Magnar Vitzyo, Salmar ASA losos baliqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya merosxo‘ri, Norvegiya. Boyligi — 1,1 mlrd.

1994 yil — Jastin Biber, musiqachi, Kanada. Boyligi — 0,2 mlrd.

1995 yil — Katarina Andresen, Ferd investitsiya kompaniyasi merosxo‘ri, Norvegiya. Boyligi — 1,2 mlrd.

1996 yil — Aleksandra Andresen, Ferd investitsiya kompaniyasi merosxo‘ri, Norvegiya. Boyligi — 1,2 mlrd.

Mavzuga oid