Fransiyaning yangi ichki ishlar vaziri o‘z oldiga qanday asosiy vazifalarni qo‘ymoqda?
Fransiyaning yangi ichki ishlar vaziri Jyerar Kollon uning yangi lavozimda bajaradigan birinchi navbatdagi vazifalari fransuz xalqini himoyalash, terrorchilikka va IShID saflariga yollashga qarshi kurash bo‘lishini aytdi. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Kollon yangi lavozimga kirishgandan keyingi ilk nutqida Yevropa va ayniqsa Fransiya "terrorchilar nishoni" hisoblanishini aytdi va terrorchilik xavfi nafaqat tashqaridan bildirilayotganini, balki mamlakat hududida ham ildiz otganini qayd qilib o‘tdi. Vazirning aytishicha, u o‘zining sa'y-harakatlarini yoshlarning radikallashishiga va ularning "oxirgi yillarda guvohi bo‘lingan dahshatli hujumlar" sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiradi.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024