OAVda IShID zaharlovchi moddalarni asirlarda sinayotgani ma'lum qilindi
IShID a'zolari zaharli moddalarni jangovar vaziyatda qo‘llashdan oldin ularni odamlarda sinamoqda. Bu haqda The Times nashriga iqtibos keltirgan holda The Independent nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, terrorchilik guruhi a'zolari qirg‘inbarot kimyoviy moddalarni sinashda asirlardan foydalanmoqda. Zaharli birikmalar pestitsidlardan ajratilib, taom va suvga aralashtirib, so‘ngra asirlarga berilmoqda.
O‘tkazilayotgan sinovlar haqidagi ma'lumotlar Mo‘sul universitetidagi yashirin joyda topilgan. Hujjatlarda sinovlar natijalari va zaharlarni tayyorlashning retseptlari bayon qilingan bo‘lgan. Ularga ko‘ra, asirlardan biri talliy sulfati bilan zaharlangan. U azob-uqubatlarda 10 kun ichida vafot etgan. Yana bir mahbusga nikotin inʼeksiyasi kiritilgan.
Mutaxassislar IShID G‘arb davlatlarida oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlashi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Bu ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin. Ularning fikricha, terrorchilar zaharli moddalarni Raqqadagi odamlarda sinashni davom ettirmoqda.
2017 yil fevralda Pentagon Mo‘sul universiteti hududida jangarilar zaharli gaz iprit ishlab chiqarishganini ma'lum qilgandi. AQSh harbiy-havo kuchlari polkovnigi Jon Dorrianning aytishicha, bu yerda terrorchilarning kimyoviy qurol ishlab chiqaruvchi laboratoriyalaridan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
20:54 / 11.08.2024