Jahon | 15:34 / 22.05.2017
25121
1 daqiqa o‘qiladi

Yahudiy ko‘chmanchilari Yusuf payg‘ambar qabriga bostirib kirishdi

Foto: Anadolu

22 may kuni tongda yuzlab yahudiy ko‘chmanchilari Isroil xavfsizlik kuchlari xodimlari hamrohligida Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i Nablus shahrida Yusuf payg‘ambarning qabriga bostirib kirishdi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.

Falastinliklar qo‘llarida tosh va shishalar bilan ularga qarshilik qilishga harakat qilishdi, biroq Isroil xavfsizlik kuchlari ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz, rezina va jangovar o‘qlarni qo‘llashdi. 

Yahudiylar u yerda musulmonlar payg‘ambari Yusuf alayhi salomning qabri joylashgan, deb hisoblashadi. Biroq ko‘p arxeologlar bu qabrga bor-yo‘g‘i bir necha yuz yil bo‘lgani va unga musulmon Yusuf Ad-Duvaykat dafn etilganini ta'kidlashadi.

Iordaniyaning G‘arbiy qirg‘og‘i 1967 yildan buyon Isroil mustamlakasi ostidadir.

Mavzuga oid