Toshkentda YTH tufayli “Spark” haydovchisi vafot etdi
Toshkent shahrida yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yil 20 may kuni soat taxminan 11:30 da, haydovchi “Erkinov” (ma'lumotlari o‘zgartirilgan) “Spark” rusumli avtoulovni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, belgilangan tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan holda, yo‘l chetiga chiqib ketib, avtoulovni beton ariqqa urgan.
Yo‘l-transport hodisasida olingan tan jarohatlari natijasida “Spark” avtoulovi haydovchisi shifoxonaga olib borishda vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024