Britaniyalik oila 4 kunda uy qurdi
Buyuk Britaniyaning Bridport shahrida istiqomat qiluvchi oila 4 kunda 6ta yotoqxonali uch qavatli uy qurishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.
Richard, Nikki va ularning ikki farzandi Londondan Dorset grafligiga ko‘chib o‘tishga qaror qilishdi. Oila okrugda o‘zlariga yoqqan uyni topa olmagani sababli mustaqil ravishda uy qurishga qaror qilgan. Britaniyalik oila ekologik toza materiallardan foydalanish va pulni tejash maqsadida qisqa muddatda uyni bitirishni rejalashtirdi.
Uyning karkasi uchun panellar Bavariyadagi firma tomonidan yasaldi. 4 kun ichida yer maydoniga 3 qavat va tom o‘rnatildi. Uy o‘rmon bilan o‘ralgan bo‘lib, bog‘da hovuz ham joylashgan. Natijada er-xotin uyga 1,2 million funt sterling (1,5 mln dollardan ko‘p) mablag‘ sarflashdi.
2015 yil oktabrida Buyuk Britaniyaning Hereford shaharchasi fuqarolari mustaqil ravishda ixcham ikki qavatli uyni barpo etishgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ular buning uchun qurilish materiallari qoldiqlaridan foydalanishgan. Uy loyihasi 1 ming funt (1,5 ming dollar)ni tashkil etgan.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024