OAV Manchesterdagi portlash ortida kim turgani haqida xabar tarqatdi
23 mayga o‘tar kechasi Manchester shahridagi Manchester Arena stadionida Ariana Grandening konserti vaqtida ro‘y bergan portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda NBC New York nashri AQShdagi bir necha rasmiylarga asoslanib xabar tarqatdi.
Reuters’ning manbalari ham portlash ortida xudkush terrorchi turganini ta'kidlagan.
Politsiya portlash stadion foyesida yuz berganini, stadion ma'muriyati esa hodisa «inshootdan tashqarida, jamoat joyida» bo‘lganini aytmoqda.
Politsiya 19 kishining o‘limini tasdiqladi, 59 kishi jarohatlangan.
Tergov hodisani terakt sifatida ko‘rib chiqmoqda. Politsiya rad etuvchi boshqa dalillar topilmasa, ish aynan terakt versiyasi sifatida qaralishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
09:15 / 10.09.2024
Belgiya: chechenistonlik shaxs teraktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 15 yilga qamaldi
19:40 / 01.09.2024
Beslan, 2004 yil 1 sentabr. 20 yil muqaddam Rossiya tarixidagi eng qo‘rqinchli terakt ro‘y bergandi
09:20 / 05.08.2024