Mitti yuraklarga - katta yuraklar
Bo‘lg‘usi onaning yuragi ostida mitti yurakcha urib turadi. U "Men shu yerdaman, tez orada kelaman, ona" deya belgi berib turadi. Go‘dak dunyoga kelish va quyosh taftiga qo‘l cho‘zish uchun o‘z soatini kutadi. Uni kutishadi. Uni sevishadi. Yurak uradi - duk-duk-duk...
Biroq har doim ham biz o‘ylagandek bo‘lavermaydi. Ba'zan bu jarayonda buzilish qayd etilib, mitti mo‘'jizaning dunyo yuzini ko‘rishiga tahdid paydo bo‘ladi. Doim emas, albatta, lekin shunday holatlar uchraydi. Ba'zan bolakaylar dunyoga kelishadi, biroq keyin ota-onalar ularning har bir yurak zarbi uchun qayg‘urishadi. Shunda oiladagi chorasizlik muhiti o‘rnini yordam va mo‘'jizaga bo‘lgan umid egallaydi.
Gap nima haqida borayotganini anglagandirsiz - tug‘ma yurak porogi. Bunday bolaning tug‘ilganidan to so‘nggi kunigacha ota-onasi va shifokorlar qattiq nazorat qilishadi. Biroq, afsuski, operatsiya qildirishga hammaning ham qurbi yetavermaydi. Ba'zan yurak tizimida uzilish kuzatilib, boladan bir umrga ajralish holatlari ham uchrab turadi.
"Qanday qilib? O‘zbekistonda bolalarni davolash bepul-ku, axir", deyishingiz mumkin. Ha, respublikadagi bolalar tibbiyoti bepul. Shifokorlar ham bolajonlarga yordamga shay. Ammo operatsiyaga ehtiyoji bo‘lgan barcha bolalarga ham oksigeneratorlar yetmaydi, ularsiz esa ochiq yurakda operatsiya o‘tkazish imkoni yo‘q. Yurak porogi qayd etilgan bolalarda jarrohlik amaliyotini deformatsiya yuzaga kelmasidanoq, imkon qadar tezroq o‘tkazish kerak bo‘ladi. Shunda bola tezroq qayta tiklanadi va yurak faoliyati normallashadi - shifokorlar shunday fikrda.
15 nafar bolakayning omadi keldi. "Sochnaya dolina" savdo markasi vakillari "Hayotni birgalikda qutqaramiz!" aksiyasi doirasida tug‘ilishi bilanoq qo‘rqinchli tashxis qo‘yilgan bu bolalarni operatsiya qildirish imkonini topishdi. Bu ularning har biri, ertangi kunga ishonch bilan qaray olmaydigan ota-onalar uchun mo‘'jiza edi. Ularga najot qo‘li cho‘zildi. Qanday qilib deysizmi? Shunchaki 2015 yilning noyabr oyi davomida "Sochnaya dolina" sharbatlari sotuvidan tushgan pul vositalarining bir qismi Toshkent tibbiyot pediatriya instituti xayriya hisobiga o‘tkazildi. Aktsiya yakunida ushbu markaz shifokorlari, kardiojarrohlari bolalarga yordam berishga kirishishdi. Yig‘ilgan pullarga 15 ta maxsus apparat - oksigeneratorlar qo‘lga kiritildi va 2016 yilning yanvar-fevral oylarida nihoyat, operatsiyalar o‘tkazildi.
Bugun, bir yil vaqt o‘tgach, yurak sohasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bolalarning barchasi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Umid qilamizki, mazkur aksiya davom etadi, chunki O‘zbekistonda birovning dardiga sherik bo‘luvchi kishilar talaygina. Ayniqsa, sershovqin parklar, maktab partalari va quvnoq do‘stlar davrasi o‘rniga faqat shifoxonalaru oq xalatli shifokorlar qurshovidan iborat bo‘lgan bolalar haqida gap ketganda. Onalar farzandlari va ularning dardmand yuraklari to‘g‘risida gapirganlarida ko‘z yoshlarini tiya olishmaydi. Hali 1 yoshga ham to‘lmay, yurak xurujini boshidan o‘tkazgan bolani ko‘rganda kim ham ko‘z yoshlarini tutib tura olardi?! Bu "motor" qariyalarda ishdan chiqqanida - yaqinlari asabiylashishadi. Bolalarda kuzatilganda esa - ota-ona azoblanadi, zero bolalardagi yurak kasalligi tabiiy hisoblanmaydi. U hali shakllanib ulgurmagan psixika va taqdirni "sindiradi".
Yuragi majruh bola do‘stlari bilan tengma-teng tog‘ sayliga chiqa oladimi yo sevimli sport turi bilan shug‘ullana oladimi yoxud tengsiz to‘qnashuvda munosib himoyalana oladimi? Har daqiqada o‘zining boshqalardek emasligini his qiluvchi qizchalar-chi? U qachondir ona bo‘lishi, bo‘lg‘usi farzandi uchun ishonchli qalqon bo‘la olishini o‘ylab, hayotga ishonch va umid bilan qaray olarmikan? Bunday bolalarning ko‘zlariga qarang - ularda bolalarga xos bo‘lmagan, xavotirga to‘la nigohni ko‘rasiz. Bola unga bunday shafqatsiz munosabatda bo‘lgan dunyoni anglashga urinayotgandek ko‘rinadi. Bolakay huddi "Men senga nima yomonlik qildimki, meni qabul qilging yo‘q?" deya so‘rayotgandek.
"Hayotni birgalikda qutqaramiz!" aksiyasi aynan shu savolga javob beradi. Unda qatnashayotgan kishilar huddi bolaga "Sen bizga keraksan, biz seni himoya qilamiz. Boshqa azob chekishingga yo‘l qo‘ymaymiz. Yordamga kelishga tayyor insonlar bor" deyayotgandek go‘yo. Mana natija - 15 hayot! 15 yurak! Onasini quchuvchi va umrbod insonlardan minnatdor bo‘luvchi 15 juft mitti qo‘llar!
Shifokorlar haqida: "Sochnaya dolina" savdo markasi Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rahbariyatiga "Hayotni birgalikda qutqaramiz!" aksiyasini o‘tkazishda xayrixohlik ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildiradi. Har qanday xayriya aksiyasi ortida tashkilotchilar va hamkorlarning katta mehnati yotadi. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rahbariyati murakkab byurokratik, lekin bunday hollarda zarur jarayonlarni kechib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Albatta, Bolalar kardiojarrohligi markazining barcha shifokorlariga kattadan katta tashakkur!
Ushbu aksiyadan shifo topganlarning yaqinlari minnatdorchilik so‘zlari hamda samimiy va ezgu tilaklarini izhor qilishmoqda. Afsuski, turli sabablarga ko‘ra muxbirning qo‘ng‘iroqlariga hamma ham javob bera olmadi. Biroq javob berganlar, bugun, operatsiyadan bir yil o‘tib, o‘z hissiyotlarini yashirib o‘tirishmadi:
Farg‘ona viloyatidan 12 yoshli Murodov Boburjonning onasi Gulira'no u kunni minnatdorchilik va biroz qo‘rquv bilan yodga oladi:
- Bu operatsiyadan qanday qo‘rqqanimiz hanuz yodimda. Umuman qachondir uning amalga oshishiga ishonmasdik. Shuncha yil uning hayoti uchun qo‘rqib yashadik! Mana operatsiyadan keyin Boburjon o‘zini yaxshi his qilmoqda. Yaqinda shiifokor huzurida bo‘ldik. Uning aytishicha, hammasi ortda qolgan. Uyimizdan og‘riq va qo‘rquv arishiga sababchi bo‘lgan barcha insonlar baxtli bo‘lishsin. Ularga katta tashakkur!
Farg‘ona viloyatidan yana bir bemor - 5 yoshlik Abduvaliyev Muzaffarbekning onasi Munira bugun o‘g‘liga qarab, ko‘z yoshlarini yashira olmadi, faqat bu safar quvonch yoshlarini:
- Bizga ko‘mak berganlarning barchasi qayg‘u nimaligini bilmasin! Men haligacha o‘ylab qolaman - qanday qilib omadlilar safida bo‘lganimiz haqida. Bu kabi aksiyalar bundan keyin ham davom etishiga tilakdoshman. Kechalari bemor farzandi tepasida o‘tirish va uning har bir yurak urishiga quloq tutish qanday ekanini onadan yaxshi hech kim tushunmaydi. Faqat mehribon insonlar bunday mo‘'jiza - muhtojlarga umid va ishonch bag‘ishlashga qodir. Rahmat.
Buxoro viloyatidan 7 yoshli Tangriyev Umidjonning onasi Xalfogul:
- Operatsiya bo‘lganidan keyin mening Umidjonim normal ovqatlana boshladi, u o‘ynaydi, kuladi. Unga qarab esa, oila a'zolarimizning barchasi baxtiyor. Qancha qo‘rquv, qancha xavotirli kunlarni boshdan kechirdik. Harorati biroz oshsa, uning ahvoli og‘irlashardi. Endi hammasi ortda qoldi. Asosiysi - vaqti-vaqti bilan shifokor teshiruvidan o‘tish. Bizga berilgan yordam uchun juda minnatdormiz. Ichimdan his qilayotganlarimni qanday izhor qilishni ham bilmayman. Dunyodagi jamiki bolalar salomat bo‘lishsin! "Sochnaya dolina" va jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan shifokorlarga esa - katta rahmat.
Farg‘ona viloyatidan 3 yoshli Mahmudaliyeva Xandonaning otasi:
- Men minnatdorchilik so‘zlarini bilmayman. Shuning uchun boricha gapiraman: mening qizim "Hayotni birgalikda qutqaramiz!" aksiyasi sharofati bilan sog‘-salomat. Men shu aksiyani tashkillashtirgan insonlardan juda minnatdorman. Ularga katta rahmat. Dunyoda shunday ezgu amallarni bajaruvchi kishilar ko‘payaversin. Qizim nomidan ham rahmat.
Toshkent viloyatidan 15 yoshli Yugay Borisning buvisi:
- Nevaram shundoq ham bolaligidan qiynalgandi. Otasi halok bo‘lgan, onasi yolg‘iz qiynalgan. Biz bobosi bilan imkon qadar unga g‘amxo‘rlik qilardik. Albatta, bunday kasallikda qayerdan kuch bo‘lsin? Mana endi operatsiyadan keyin Borya sog‘aymoqda, salomatligi mustahkamlanmoqda, xatti-harakatlarida ishonch sezilmoqda. Umid qilamizki, qayta tiklanish davri tugagach, u qachonlardir yuragi og‘riganini unutib ham yuboradi. Nevaram uchun xursandman va muhtojlarga sog‘liq ulashgan insonlarga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman
Buxoro viloyatidan 13 yoshli Sharipov Behruzning onasi Feruza:
- Biz mutnazam ravishda tekshiruvdan o‘tib turamiz. Shifokorlarning aytishicha, hammasi yaxshi. Mo‘'jiza yuz berishiga qanchalik umid qilganimizni bilganingizda edi. Har safar o‘g‘limni uxlashga yotqizar ekanman yoki uning qo‘shni bolalarning futbol o‘ynagani, kurash tushgani va bor ovozi bilan bahslashishlarini ko‘rib, ishtahasiz yeydigan tushligini berar ekanman, o‘g‘lim ham ularning orasida bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylardim. Uning katta hayotdan chetda ekani, hayoti davomida har qadami va his-tuyg‘usini nazorat qilishi kerakligini anglash ayanchli edi. Endi bular ortda qoldi. Men turmush o‘rtog‘im bilan "Sochnaya dolina" va shifokor-kradiologlardan, shuningdek ezgu ishga hissasini qo‘shgan sharbat xaridorlaridan chin dildan minnatdormiz.
Surxondaryo viloyatidan 4 yoshli To‘rayev Faxriddinning otasi:
- Faxriddin tuzalib, sog‘lom va kuchli bola bo‘lib voyaga yetishi haqida butun oilamiz bilan orzu qilganmiz. Axir ota uchun o‘z o‘g‘lidan-da ortiq madadkor bormi?! Ayolim va o‘g‘limning azoblanishini ko‘rish juda og‘ir edi. Men - erkakman, shunday bo‘lsa-da, juda qiynaldim. Umuman bunday aksiyaning o‘ylab topilishining o‘zi - katta ish. Ularga barakalla deymiz. Hattoki birgina bolaning hayotini saqlab qolish - mo‘'jiza va jasorat. Bu aksiyada esa 15 nafar bola omon qoldi. Aktsiya davom etsa, sog‘lom va xotirjam kelajakka umid qiluvchi bolalar ham bo‘ladi. Buning uchun sizga katta rahmat, aziz "Hayotni birgalikda qutqaramiz!" aksiyasi tashkilotchilari!
Ha, darhaqiqat oxirgi suhbatdoshimiz haq. Agar aksiya davom etsa, salomatlik hamda yorug‘ kelajakka umid qiluvchi bolalar ham bo‘ladi. Bu safar 15 kishi emas, undan ancha ko‘p. Bolalarning yurak urishi, onalar yuziga tabassum yugurishi, kimlarningdir oilasidagi xotirjamlikka har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.
Sochnaya dolina, aksiya, Hayotni birgalikda qutqaramiz!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
09:30 / 23.10.2024
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
07:40 / 16.10.2024
Oktyabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 bola O‘zbekistonga olib kelindi
07:10 / 05.10.2024