Juno zondi Yupiter "musiqasi"ni yozib oldi
Juno zondi Yupiter magnit maydoni va quyosh shamolining o‘zaro ta'siri natijasida yuzaga keladigan "musiqa"ni yozib oldi. Bu haqida RIA "Novosti" NASA brifingida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, xabar berdi. Bundan tashqari, zond Yupiter halqalarining ilk suratlariga ega bo‘ldi.
"Bu suratlar Yupiter halqalarining "ichidan" olingan birinchi suratlar hisoblanadi. Ushbu suratdagi ikki eng yorqin nuqta - Oriona yulduzlar turkumidagi Betelgeyze va Bellatriks yulduzlari", - deydi Pasadendagi NASA reaktiv harakati labaratoriyasidan Xaydi Beker.
Audioyozuv sayyoraning magnit maydoni va quyosh shamoli zarrachalarining o‘zaro ta'sirini kuzatish davomida plazma detektori yordamida yozib olingan.
Manbaga ko‘ra, ushbu audio Apple Music katalogiga qo‘shiladi.
Mavzuga oid
16:07 / 17.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘ygan xorijlik 15 sutkaga qamaldi
09:28 / 15.04.2023
Yevropaliklar Yupiterga sayyoralararo stansiya uchirdi
15:24 / 25.08.2022
"James Webb" teleskopida olingan Yupiterning “aql bovar qilmas” tasviri e’lon qilindi
07:53 / 17.02.2022