Xitoylik shifokorlar bemorni qutqarish uchun 8 mingta ampulani tinimsiz ochishlariga to‘g‘ri keldi
Xitoy janubidagi Guandun viloyatida shifokorlar o‘tkir zaharlanishga uchragan bemorning hayotini saqlab qolish uchun atropin dori vositasi solingan 8 mingta ampulani qo‘llarida ochib chiqishlariga to‘g‘ri keldi.
18 may kuni Shantou shahridagi universitet tibbiyot kolleji shifoxonasiga insektitsid (zararkunanda hasharotlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan kimyoviy vosita) qabul qilishi oqibatida komaga tushgan bemor keltirilgan.
Bemorning hayotini qutqarish uchun atropin kerak bo‘lgan, biroq u shifoxonada juda kichik o‘lchamdagi ampulalarda saqlangan. Natijada 8 nafar shifokor kerakli miqdordagi atropinni olish uchun 8 mingta ampulani 12 soat davomida qo‘llari bilan ochib chiqishlariga to‘g‘ri kelgan. Biroq buncha ampuladagi dori ham yetmagan va shifokorlar dorining qolgan miqdorini olish uchun boshqa shifoxonaga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelgan, deb xabar bermoqda China Daily nashri.
Shifokorlar ko‘p soat davomida to‘xtamasdan ampulalarni sindirib ochishlariga to‘g‘ri kelganlari sabab ularning ba'zilari qo‘llarini shikastlab olganlar, ba'zilarining esa hatto barmoqlari kesilib ketgan.
Mavzuga oid
07:40 / 02.03.2024
2023 yilda bemorlarga bepul berilgan dorilar qiymati ma’lum bo‘ldi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023