Iqtisodiyot | 18:28 / 29.05.2017
8022
1 daqiqa o‘qiladi
Yevropa investitsiya banki delegatsiyasi Toshkentga keldi
2017 yilning 29 may kuni Yevropa investitsiya banki delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga bank vitse-prezidenti Vasil Hudak boshchilik qilmoqda. Yevropa investitsiya banki vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, qator vazirlik va idoralarda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa investitsiya banki ayni damda YeI banki rolini egallab, jahondagi eng yirik kredit beruvchilardan biri sanaladi. Bankning taqdim etuvchi kreditlari umumiy portfeli 71,7 milliard yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:36 / 26.09.2024
Toshkentda 63 yoshli erkak avtobusda vafot etdi
17:45 / 25.09.2024
2030 yildan Toshkent shahri va uning atrofida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
17:30 / 25.09.2024
Toshkentda Red Bull BC One saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
16:56 / 25.09.2024