Peterburglik stomatolog aldov yo‘li bilan bemorning 22ta sog‘lom tishini sug‘urib oldi
Peterburg tergovchilari firibgarlik yo‘li bilan bemorning 22ta sog‘lom tishini sug‘urib olgan shifokor-stomatologga nisbatan tergov ishlarini olib bormoqda. Bu haqda Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha rahbari ma'lum qildi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yili Frunze tumanidagi xususiy klinikalardan birining muassisi va shifokori "43 yoshli mahalliy fuqaro bo‘lgan ayolni ko‘rsatilgan stomatologiya xizmatlari borasida aldagan". Natijada, ayolning 22ta sog‘lom tishini olib tashlab, "sifatsiz protez tish" o‘rnatishgan. Mazkur amaliyot uchun bemor ayol 843 ming rubldan ortiq mablag‘idan ham ayrilgan.
Bundan tashqari, tergovchilar shifokorning shunday jinoyatlarni bir necha bor amalga oshirganiga doir ma'lumotni ham tekshirishmoqda. Hozirda, shifokor ayolga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llash va unga ayblov e'lon qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 24.06.2024
Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi
13:13 / 28.05.2024
Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Sankt-Peterburg nomi beriladi
07:52 / 18.05.2024
Sankt-Peterburgda harbiy akademiyada yuz bergan portlashda 7 kishi jarohat oldi
17:19 / 12.05.2024