Kobuldagi portlash qurbonlari soni ortmoqda
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida 31 may kunining birinchi qismida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 80 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda afg‘onistonlik amaldorlarga asoslangan holda NBC News telekanali xabar tarqatdi.
Shuningdek, 350dan ortiq kishi jarohatlangan.
Bundan avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni 19 nafarligi, jarohatlanganlar soni 300 nafardan oshiq ekani haqida ma'lum qilgandi.
OAVda yozilishicha, portlash oqibatida Fransiya va Germaniyaning elchixonalari binolari shikastlangan.
Kobul politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, portlovchi qurilmalar to‘ldirilgan avtomobil Germaniya elchixonasi joylashgan hudud yaqinida portlatilgan.
"Hududda bir qancha muhim obektlar va ofislar joylashgan. Terrorchilarning asosiy nishoni qaysi bino bo‘lganini aniq aytish qiyin", degan politsiya vakili Bashir Mujohid.
Kobul markazida dahshatli portlash: qurbonlarning aniq hisobi yo‘q
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024