Fan-texnika | 19:00 / 01.06.2017
16198
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda birinchi robokop ishga kirishdi

Dubay ko‘chalarida ilk robot-politsiyachi xizmat qilishga kirishdi.

Robot dunyodagi eng baland imorat – Burj Halifa minoralari oldida ish boshlagan. "Robokop" politsiyachilar bosh kiyimini kiyib olib, g‘ildiraklarda harakatlanadi va xizmat uchun sensorli ekrandan foydalanadi. Shuningdek, u videoni politsiya uchastkasiga yuborish va ehtimoliy gumonlanuvchilarni aniqlash uchun kamera bilan jihozlangan.

Birinchi robot-politsiyachi asosan turistik joylarda xizmat olib boradi. Politsiyaning ma'lum qilishicha, 2030 yilga kelib robotlar sonini xodimlar tarkibining 25 foiziga qadar yetkazish mo‘ljallangan.

Robotning bo‘yi - 170 santimetr, og‘irligi - 100 kilogramm. Bundan tashqari, “his-tuyg‘ular detektori” bilan jihozlangan, u bir yarim metrlik masofada imo-ishoralar va qo‘l harakatlarini payqaydi hamda olti tilda muloqotga kirisha oladi. 

Mavzuga oid