Indoneziyalik 11 yoshli bolaning vazni 192 kilogrammga yetdi
Indoneziyaning G‘arbiy Yavasida istiqomat qiluvchi 11 yoshli Arya Permananing vazni 192 kilogrammga yetgach, hayotini saqlab qolish maqsadida operatsiya qilinadigan bo‘ldi. The Telegraph shu haqida xabar berdi.
Bolaning vazni shu darajaga yetdiki, u harakatlana olmay qoldi, buning natijasida maktabni ham tashlashga majbur bo‘ldi. Ota-onasi Ade va Rokyah Soyemantrilar unga loyiq kiyim topa olmay qolishdi hatto.
Bundan tashqari, uning vazni salomatligiga katta xavf tug‘dirib, nafas olishini qiyinlashtirdi.
Manbaga ko‘ra, Arya kuniga besh mahal ovqatlangan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar Aryani tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib, uning sog‘lom ekanini aytishgan - bu esa onani o‘ylantirib qo‘ygan, chunki u o‘g‘lining vazni nimadan oshib borayotganini tushunmasdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Aryaning hayoti haqida hikoya qiluvchi "Dunyodagi eng og‘ir vaznli bola: ajoyib odamlar" hujjatli filmi olingan.
Mavzuga oid
14:10 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida maslahatlashuvlar qo‘mitasi tashkil etiladi
08:40 / 13.09.2024
Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan bola O‘zbekistonga olib kelindi
17:41 / 07.09.2024
Xitoy xorijliklarga bola asrab olishni taqiqlaydi
07:31 / 28.08.2024