Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 26.05.2017 yildagi 320-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Mudofaa vazirligi tomonidan vazirlikning oliy harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni tanlash yagona tanlov asosida, kirish test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballarga muvofiq amalga oshiriladi. Qo‘mondonlik taktik moto-o‘qchi va chegara bo‘linmalari (chegara guruhlari) va harbiy-havo kuchlari (aviatsiya turlari)ning harbiy mutaxassisliklari bundan mustasno.
Bunda kirish test sinovlari bir ta'lim muassasasi negizida yoki tegishli ta'lim muassasalarida alohida o‘tkazilishi mumkin.
Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta'lim muassasasida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari ballar pasayishi tartibida, ta'lim muassasalari bo‘yicha ajratilmasdan bitta vedomostda taqdim etiladi.
Alohida oliy harbiy ta'lim muassasalari nomlanishi o‘zgartirildi. Natijada ularning ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga keldi.
Mavzuga oid
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
17:54 / 31.08.2024
Markaziy harbiy okrugda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
21:42 / 20.08.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi «Belgorod», «Bryansk» va «Kursk» qo‘shin guruhlarini tashkil etdi
14:19 / 04.06.2024