Jamiyat | 19:08 / 07.06.2017
34394
1 daqiqa o‘qiladi
Fuqarolar besh metrli timsohni bog‘lab qo‘yib, hukumatga topshirishdi (video)
Shri-Lankadagi Akuress shahri aholisi 4,5 metrli uzunlikka ega timsohni bog‘lab qo‘yib, yovvoyi tabiatni muhofaza qilish mahalliy departamentiga topshirishdi. Ro‘y bergan holat tasvirlangan videoyozuv Hiru News yangiliklar portalining YouTube’dagi kanalida 5 iyun kuni e'lon qilindi. Ikki kun ichida rolik 24 ming marotaba ko‘rilgan.
Hiru News’ning ta'kidlashicha, yirtqich hayvonni mahalliy qishloq fuqarolaridan biri payqagan hamda u bu haqda hamqishloqlarini xabardor etgan. Timsoh topshirilgan departament xodimlari uni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishlari kerak edi.
Mavzuga oid
11:50 / 23.09.2024
Shri-Lankada so‘l kuchlar vakili prezident etib saylandi
23:46 / 13.09.2024
Shri-Lankada kapalak o‘g‘rilari 200 ming dollar jarimaga tortildi
09:30 / 29.06.2024
Shri-Lanka Rossiyadan urushda halok bo‘lganlar uchun tovon puli so‘radi
10:15 / 15.04.2023