Berdiyev «Rubin»ga qaytdi
Qozonning «Rubin» klubi Qurbon Berdiyevni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmatida xabar berilgan.
Berdiyev 8 iyun kuni bir yillik muvaffaqiyatsiz faoliyatdan keyin ishdan bo‘shatilgan ispaniyalik mutaxassis Xaver Garsiyaning o‘rnida ish boshlaydi. Grasiya boshchligida qozonliklar Rossiya chempionatida 9-o‘rinni egalladi.
«Biz o‘z shtabimiz bilan birga qaytganimizdan juda xursandmiz. «Rubin»va Qozon — bu bizning uyimiz, yana birga ishlashdan mamnunmiz», — deyilgan Berdiyevning bayonotida.
Qozon klubi bosh direktori Rustam Sayaxov Berdiyev bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilishi haqida ma'lum qilgan.
Hozirda shartnoma imzolanmagan bo‘lsada Berdiyev klubda ish boshlagan va 10 iyun kuni«Rubin» bilan ilk yig‘inga jo‘nab ketadi.
Berdiyev qozonliklar klubida 12 yil davomida (2001 yildan 2013 yilgacha) ishlagan va ikki marta Rossiya chempioni bo‘lgan, shuningdek Rossiya Kubogi va Superkubogida g‘olib bo‘lgan. Keyingi yillarda u «Rostov»da faoliyat ko‘rsatayotgandi.
U bilan birga «Rostov»ni bir qator futbolchilar tark etdi.
Mavzuga oid
08:21 / 02.11.2022
Manba: Rustam Ashurmatov Rossiya klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi
13:34 / 18.08.2022
«Bunyodkor» futbolchisi «Rubin»ga o‘tdi
10:00 / 24.11.2019
Vitaliy Denisov «Zenit»ga qarshi o‘yindan so‘ng shifoxonaga olib ketildi
23:18 / 25.08.2019