OAV: Tramp Buyuk Britaniyaga safarini noma'lum muddatga qoldirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan telefon orqali muloqotda Buyuk Britaniyaga safari britaniyaliklar tomondan qo‘llab-quvvatlanmaguncha u yerga bormasligini aytdi. Bu haqda ikki yetakchi muloqoti guvohi bo‘lgan Meyning maslahatchisiga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp Buyuk Britaniyada uning tashrifi sababli katta ko‘lamli noroziliklar boshlanadigan bo‘lsa, u yerga bormoqchi emasligini aytdi. Ta'kidlanishicha, Tramp shu tariqa o‘zining safarini noma'lum muddatga qoldirdi.
Mey maslahatchisining aytishicha, Trampning bu gaplari bosh vazirni ajablantirgan.
Avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Trampning safarini u bilan London meri Sodiq Xon o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik borligiga qaramasdan qoldirishga sabab ko‘rmayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024