Sport | 04:23 / 11.06.2017
57804
1 daqiqa o‘qiladi
Shohjahon Ergashev o‘ninchi raqibini ham nokautga uchratdi
Bugun o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev professional boksdagi o‘zining o‘ninchi jangini o‘tkazdi.
«Prospekt» boks kechasining markaziy jangida u tojikistonlik Sunatillo Rahmatullayevga qarshi ringga chiqdi va 1-raundning o‘zidayoq raqibini nokaut qilishga erishdi.
Shu tariqa Shohjahon professional boksdagi 10ta jangining barchasini nokaut bilan yakunladi.
Uning o‘ninchi jangi chempionlik kamari yo‘lida amerikalik bokschiga qarshi kechishi kerak edi. Biroq 10 iyunga bir necha kun qolganida raqib ham, jang maqomi ham o‘zgardi. Shohjahon Ergashev kecha reyting jangini o‘tkazdi.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024