To‘rt kishini o‘ldirgan «Kratovolik mergan» maxsus operatsiya mobaynida yo‘q qilingan
Moskva ostonasidagi Kratovo shaharchasida otishma tashkil etgan shaxs yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
IIVning Moskva oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi Ramensk rayonining Kratovo shaharchasida bir erkak o‘z uyidan turib ov miltig‘idan yo‘lovchilarni o‘qqa tutganini xabar bergan edi. Otishma natijasida to‘rt kishi vafot etgan. «Ikki va undan ortiq odamning o‘limi» va «Huquq-tartibot organi hayotiga tajovuz qilish» va bir necha moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
«Jinoyatchini Rossiya IIV va gvardiyachilarining hamkorlikda uyushqoqlik bilan olib borilgan harakatlari yordamida topib oldik. Qo‘lga olish vaqtida u faol qarshilik ko‘rsatgan va huquq-tartibot organlari tomonidan o‘ldirilgan», — deb xabar berdi IIVning maxsus vakili.
«Kratovolik mergan» to‘rt nafar maxsus xizmat vakilini yarador qilgan, ularning jarohati yengil, degan voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev jurnalistlarga.
«Jinoyatchi yo‘q qilindi. U bir necha soat davomida qarshilik ko‘rsatdi, granatalar uloqtirdi. Jami 14 marta portlash ro‘y berdi, to‘rt nafar maxsus xizmat vakillari yarador bo‘ldi. Jarohatlar yengil, hayot uchun xavf solmaydi», — degan vazir.
Kratovodagi maxsus operatsiyaga yakun yasaldi, tergov «kratovolik mergan»ning xatti-harakatlariga huquqiy baho beradi va uni jinoyatga undagan barcha sabablarni aniqlaydi, dedi jurnalistlarga Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev.
Vazirning aytishicha, maxsus operatsiya o‘tkazilgan hududdagi tinch aholi vakillariga ham talofat yetkazilgan.
«Taassufki, maxsus operatsiya o‘tkazilgan hududda paydo bo‘lib qolgan tinch aholi vakillari ichida ham talofat ko‘rganlar bor», — degan u.
IIVning Moskva oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Tatyana Petrova ilgariroq Kratovoda yuz bergan otishma to‘rt insonning hayotiga zomin bo‘lgani va yana ikki nafari yarador qilinganini aytib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
12:12 / 28.09.2024
Moskvada 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun sudlanmoqda
20:08 / 25.09.2024