Dunyoning eng qimmat futbolchilari ma'lum qilindi, Ronaldu kuchli o‘nlikda ham yo‘q
«Barselona» futbol jamoasi va Braziliya termasi hujumchisi Neymar CIES Football Observatory tadqiqot markazi talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng qimmat o‘yinchisi, deb tan olindi. Uning qiymati 210,7 mln yevroga baholandi. Markaz rasmiy saytining xabar berishicha, reyting o‘yinchilar natijalari, ish beruvchilar, xalqaro maqom, shartnoma, yosh va futbolchilarning holatidan kelib chiqib tuzilgan.
Ushbu ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida «Tottenhem» yarim himoyachisi Delle Alli (155,1 mln yevro), uchinchi pog‘onada esa – ushbu jamoa hujumchisi Harri Keyn (153,6 mln yevro) qayd etildi. «Barselona» hujumchisi Lionel Messi to‘rtinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa (151,7 mln yevro), «Real» forvardi Krishtianu Ronaldu faqatgina 11-pog‘onani egalladi (112,4 mln yevro).
Mavzuga oid
15:59 / 02.10.2024
2024 yildagi eng xavfli ijtimoiy tarmoqlar ma’lum qilindi
14:23 / 27.09.2024
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi
20:30 / 18.09.2024
O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi
13:29 / 17.09.2024