Eng ko‘p semiz odamlar yashovchi davlat ma'lum qilindi
Olimlarning ta'kidlashicha, sayyoramizning 2 milliardan ortiqroq odami ortiqcha vazn va semizlikning o‘ta og‘ir shakllaridan aziyat chekar ekan. Bu borada AQSh yetakchilik qilmoqda, deb ma'lum qilindi New England Journal of Medicine nashrida chop etilgan maqolada.
"Ortiqcha vaznni muammo, e'tibor berishga loyiq deb hisoblamaydiganlar, o‘zlarini xatarga qo‘yadilar, chunki yurak, saraton, qand kasalligi va boshcha kasalliklarning avj olishi xavfi ularda kamaymaydi, balki oshadi", deb aytdi Sietldagi Vashington universiteti mutaxassisi Kristofer Myurrey.
Uning fikricha, bu epidemiyani to‘xtatish uchun ortiqcha vaznni tashlashga o‘z-o‘ziga berilgan va'dani amalga oshirish lozim.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Yer aholisining uchdan biri semizlikdan aziyat chekadi. Buyuk Britaniya va Yaqin Sharq davlatlarida aholining yarmidan ko‘pi ortiqcha vaznga ega.
Joriy prognozlarga ishonilsa, unda 2025 yilga kelib sayyoramizda ortiqcha vaznga ega odamlar soni 2,7 mlrd ga yetadi. Bunda ortiqcha vaznga egalar 46 foizni, o‘ta semiz odamlar esa 17 foizni tashkil qiladi.
Myurrey o‘z hamkasblari bilan bunday odamlarni qayd qildi va ulardagi ortiqcha vaznning qancha hayot ko‘rishlariga ta'sirini o‘rgandi. Olimlar oxirgi 45 yil ichida 195 ta davlat bo‘yicha semizlik epidemiyasi tarqalishini kuzatishga va semiz odamlar sonining 300 dan ortiq kasallikning tarqalishiga ta'sir qilishini tahlil qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Aniqlanishicha, dunyoda 600 mln ga yaqin kattalar va 100 mln bolalar semizlikning o‘ta og‘ir shakllaridan aziyat chekarkanlar. Semizlikning bunday shakllarida tana massasi indeksi 30 dan oshadi. 1980 yilga nisbatan bunday odamlar soni birvarakayiga 70 ta davlatda ikki barobarga oshgan.
Semizlik reytingida 20 ta eng aholisi ko‘p davlatlar ichida AQSh yetakchilik qilmoqda. AQShda yoshlar va bolalarning 13 foizi, kattalarning 24 foizi o‘ta semizlikdan aziyat chekadi.
Misrda esa kattalar orasida rekord sonda semiz odamlar borligi qayd qilindi, bu yerda kattalarning uchdan bir qismi semizlikdan aziyat chekar ekan.
Hindiston va Xitoyda, aksincha, bu ko‘rsatkichlar past bo‘lgan, mos ravishda 3 va 5 foiz. Olimlarning aniqlashicha, eng oriq odamlar Markaziy va Sharqiy Osiyoda yasharkanlar. Misol uchun, Bangladesh va Vetnamning bor-yo‘g‘i 1 foiz aholisi semizlikdan aziyat chekarkan.
Olimning aytishicha, yuqoridagi ma'lumotlarning barchasi semizlikka qarshi BMT darajasida muvofiqlashgan holda kurashish kerakligidan darak bermoqda. Busiz esa semizlik epidemiyasini yutishning iloji yo‘q.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024