Nestle AQShdagi 3 mlrd dollarlik biznesini sotib yubormoqchi
Dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri, Shveytsariyaning Nestle SA Amerikadagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha biznesini sotib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytiladi.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, Nestle rahbariyati tomonidan biznes istiqbollarini baholash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar faqatgina AQSh bozoriga tegishli, hamda kutilishicha, bu jarayon joriy yilning oxiriga qadar yakuniga yetkaziladi.
Shuningdek, MarketWatch’ning xabar berishicha, ekspertlar kompaniyaning AQShdagi qandolatchilik biznesi qiymatini 3 mlrd. dollarga baholashgan.
«Nestle AQShdagi biznesga investitsiya kiritishda davom etadi. Kompaniya bu mamlakatda qator mahsulotlar bo‘yicha yetakchi pozitsiyalarda turadi. Ular orasida – hayvonlar uchun mahsulotlar, ichimlik suvi, muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar ovqati va muzqaymoq», - deya ta'kidlanadi Nestle matbuot relizida.
2016 yilda Nestle’ning qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika bo‘linmasi daromadi 922 mln. dollarni tashkil etdi. Bu kompaniyaning AQShdagi barcha sotuvlarining taxminan 3 foiziga teng.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024