Sport | 00:50 / 16.06.2017
15002
2 daqiqa o‘qiladi

Sentyabrda O‘FF prezidenti o‘zgarishi mumkin

Shu yilning sentabr oyida O‘zbekiston futbol federatsiyasida navbatdagi Konferentsiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FF Ijroiya qo‘mitasi byurosining qarori qabul qilgan.

Tashkilot matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Konferentsiya kun tartibidan tashkilot prezidentligi va boshqa rahbarlik lavozimlari uchun saylov o‘tkazish o‘rin olgan.

Shuningdek, O‘FF strukturasini o‘zgartirish va kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqish,  mamlakat futbolini isloh qilish bo‘yicha dasturlarni tuzib chiqish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Biroz oldinroq O‘FF matbuot xizmati milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanga vazifalarni bajarish uchun imkon berilishi va u kamida 5 sentabrga qadar bosh murabbiy bo‘lib qolishini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, O‘FFga 2006 yildan buyon Mirabror Usmonov boshchilik qilib kelmoqda. Oxirgi vaqtlarda uning sog‘ligi yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan. U shu yilning yanvarida Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarligidan ketgandi va uning o‘rniga «O‘zbekneftgaz» rahbari Alisher Sultonov tayinlangandi.

Mavzuga oid