Jamiyat | 21:09 / 18.06.2017
35936
2 daqiqa o‘qiladi

Leonardo Di Kaprio "Oskar"dan voz kechdi

Leonardo Di Kaprio AQSh Adliya vazirligiga o‘ziga tegishli "Oskar"ni topshirdi. Bu haqida bir qator OAV xabar berishdi. 

Aktyor vakillarining ma'lum qilishicha, bu kinoyulduzning shaxsiy tashabbusi. Aslida esa aktyor haykalchaning musodara qilinishiga doir sud hukmini dog‘da qoldirishga qaror qilgan ko‘rinadi.  

Bu haykalcha unga "Uoll-stritlik bo‘ri" loyihasi ketidan kelgandi. "Oskar" qachonlardir Marlon Brandoga tegishli bo‘lgan va juda qadrli kollektsion eksponat hisoblangan. Xo‘sh, Di Kaprio nima uchun mukofotdan voz kechdi? Gap shundaki, unga bu mukofotni taqdim etgan "Red Granite Pictures" kompaniyasi hozirda korrupsiya va pul o‘marishda ayblanib, tergov nazoratiga olingan.

Ma'lum bo‘lishicha, Leo jinoyatchi kompaniya bilan faqat bu sovg‘a orqali bog‘lanmagan. "Red Granite Pictures" kompaniyasi "Uoll-stritlik bo‘ri"ni moliyalashtirgan: aktyor u yerda nafaqat bosh roldagi aktyor, balki prodyuser ham bo‘lgan va tabiiyki, bu pullarning qayerdan kelishini yaxshi bilgan.

Kompaniyaning o‘zi esa moliyaviy resurslarni malayziyalik korruptsioner amaldorlardan olgan. Huquq-tartibot organlari bu kompaniya tomonidan moliyalashtirilgan filmlarning barcha daromadlarini musodara qilmoqchi. 

Boshqalar qatorida Leo ham ziyon ko‘radi - u film prodyuseri sifatida qo‘lga kiritgan pullaridan mahrum bo‘ladi. Bu voqea atrofidagi xabarlar Leoning Hollivuddagi karerasini yo‘qqa chiqarishi, shuningdek uning atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida topayotgan obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Zero uning "kompanonlari" o‘z mamlakatidagi o‘rmon daraxtlarini noqonuniy kesish bilan shug‘ullangan. 

Mavzuga oid