Mobil raqamni saqlagan holda operatorni almashtirish loyihasi bilan xorijiy kompaniya shug‘ullanishi mumkin
20 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Hansa Telecom» (Latviya) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Xususan, «Hansa Telecom» kompaniyasi istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston mobil aloqa abonentlari raqamlarini operatorlararo ko‘chirish xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni taklif qildi.
Mehmonlarning fikricha, ushbu loyiha mobil aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirib, abonentlarga o‘zlarining raqamlarini saqlab qolgan holda boshqa operator xizmatlariga o‘tish imkonini yaratadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyihani har tomonlama ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
12:50 / 11.09.2024
Latviya Belarus bilan chegara nazoratining kuchaytirilgan rejimini uzaytirdi
02:34 / 11.09.2024
Latviya Belarus raqamlariga ega yengil avtomobillarni mamlakatdan chiqarib yuborishni buyurdi
15:00 / 09.09.2024
Latviya mamlakat sharqida Rossiya droni qulashi holatini tekshirmoqda
14:00 / 08.09.2024