Naqd xorijiy valyutani yashirin ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar fosh etildi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlari va naqd xorijiy valyutalarni yashirin ravishda olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qo‘shni davlat fuqarosi L.Hamrayevaning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rab-surishtirishi davomida ma'lum qilinmagan 124 quti sigaretalar yashirilganligini aniqlandi.
Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida ushbu tamaki mahsulotlari sumkaning ichki yon tomonlari astari ichiga yashirilgan ekan.
Uning hamrohi Z.Allashova ham xuddi shu usulni qo‘llagan holda 116 quti sigaretalarni yashirin ravishda olib chiqayotgan paytda fosh qilindi.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan chet ellik fuqarolarga O‘zbekistonga kirib kelish vaqtida bojxonaga taqdim etilgan deklaratsiyaga muvofiq respublikaga olib kirgan valyutasi miqdoridagi naqd xorijiy valyutani bojxona bayonnomasida yozma qayd etish sharti bilan olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.
Ammo, mazkur tartiblarga rioya qilmay, respublikamizdan naqd xorijiy valyutalarni yashirin yo‘llar bilan olib chiqishga urinayotgan xorijiy davlat fuqarolari ham uchrab turibdi.
Turkiyalik Ya.Mustafa o‘zi boshqarayotgan yuk avtotransporti kabinasidagi yotog‘ining to‘shaklari orasida 1100 AQSh dollari, uning yurtdoshi G.Abdulkadir esa avtotransportning davlat raqami orqasiga 1100 AQSh dollari, X.Xarun esa avtotransport saloni ichiga 500 AQSh dollarini yashirgancha olib chiqishga urinishgani aniqlandi.
Hozirda mazkur xolatlar yuzasidan tergovga qadar bojxona surishtiruv va tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
2017 yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyati bojxonachilari tomonidan aniqlangan 26 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida 13 ming AQSh dollaridan ziyod naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024