O‘zbekistonda 2016 yilda qancha narkojinoyatlar fosh etilgani ma'lum
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ma'lumotiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2016 yilda 6646 ta narkojinoyatlar fosh etilgan. Ulardan 2798 tasi narkotik moddalarni o‘tkazish-sotish, 645 tasi kontrabanda, 1482 tasi giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish, 145 tasi bangixonalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, boshqa turdagi narkojinoyatlar 1576 tani tashkil etdi.
2016 yilda respublikada giyohvand vositalarining noqonuniy aylanishida bo‘lgan jami 3 tonna 542,4 kg miqdordagi narkotik moddalar musodara qilingan.
Respublikaga afg‘on narkotiklari asosan, Tojikiston va Qirg‘izistondan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘onistondan Amudaryo orqali Surxondaryo viloyatiga, janubiy-sharqdan – Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga hamda shimoliy-sharqdan – Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga olib kiriladi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
16:51 / 02.10.2024
Toshkentda xonadonida giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
13:30 / 01.09.2024
Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi
12:32 / 05.07.2024