FVV xodimlari qo‘lini go‘sht maydalagich qisib qolgan 4 yoshli bolaga yordam berishdi
2017 yil 24 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasi Navoiy mahallasida yashovchi 4 yoshli A.Ibragimov ota-onasining e'tiborsizligi tufayli elektr go‘sht maydalagich oldida o‘ynab o‘tirgan vaqtida qo‘lini go‘sht maydalagich qisib qoladi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Shundan so‘ng, A.Ibragimovning ota-onasi uni darhol RShTTYoM Samarqand viloyati filialiga olib borishadi. Shifokorlar bemorni ko‘rib yordam ko‘rsata olmasligini aytib Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat etishni tavsiya qilishadi.
Bolaning qo‘lini go‘sht maydalagichdan chiqarib olish maqsadida, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi shifokorlar bilan hamkorlikda temir go‘sht maydalagichni bolgarka yordamida kesib, A.Ibragimovni o‘ng qo‘lini chiqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatishdi.
Mavzuga oid
10:13 / 01.08.2024
Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
08:08 / 13.07.2024
“150 bola ovqatiga 300 gramm go‘sht” – Peshku hokimi bog‘chadagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rdi
21:38 / 22.05.2024
Kattaqo‘rg‘onda bog‘cha tarbiyalanuvchisi jarohatlandi. Uni boshqa bola tishlab tashlagani aytilmoqda
10:16 / 12.05.2024