Galaxy Note 8’ning narxi va ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumotlar oshkor bo‘ldi
Evan Blass ismli insayder internetda yangi Samsung Galaxy Note 8 smartfoni haqidagi tafsilotlarni oshkor qildi. Kutilishicha, smartfon sentabrning 2-yarmida bozorga chiqariladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning narxi Yevropada 999 yevroni tashqil qiladi va buning evaziga u bozordagi eng qimmat smartfonga aylanadi. AQShda esa uning narxi 900 dollarni tashkil qiladi.
Yangi qurilma 6,3 dyuymli ekran va S-Pen stilusi bilan jihozlanadi. Gadjyetning orqa korpusidagi kamerasi ikkita 12 Mp li modul va optik barqarorlashtirgichga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, smartfon protsessori sifatida Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 qo‘llanadi. Uning tezkor xotirasi 6 Gb dan 8 Gb gachani, batareyasi sig‘imdorligi esa 3300 mA-soatni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
19:00 / 29.08.2024
AI televizorlar haqida tasavvurni o‘zgartirib yuboruvchi innovatsiyalarda muhim burilish
16:40 / 08.06.2024